Montjuik teleminorasi
Montjuik teleminorasi | |
---|---|
kataoloncha. Torre de Comunicacions de Montjuïc | |
Umumiy maʼlumot | |
Turi | Teleminora |
Joylashuvi | Ispaniya, Kataloniya, Montjuik tepaligi |
Qurilishi boshlangan | 1989-yil |
Qurilishi tugagan | 1992-yil |
Balandligi | |
Tomi | 136 m |
Texnik holati | |
Material | Zanglamas poʻlat |
Dizayn va konstruksiya | |
Meʼmor | Santyago Kalatrava |
Quruvchi | Telefonica |
Montjuik teleminorasi |
Montjuik teleminorasi (ispancha: Torre de telecomunicaciones de Montjuic; kat. Torre de Comunicacions de Montjuïc) - teleminora Ispaniya, Kataloniya avtanom viloyatidagi, Sants-Montejuik hududidagi Montjuik tepaligida joylashgan. Calatrava minorasi yoki Telefonika minorasi sifatida ham tanilgan.
Tavsifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Teleminoraning qurilishi 1989-yilda boshlangan boʻlib uning tantanali ochilishi uch yildan soʻng - 1992-yilgi Olimpiya oʻyinlarining boshida boʻlib oʻtdi. Teleminora balandligi 136 metrni tashkil qiladi. Neo-futuristik uslubdagi bino Santyago Kalatrava tomonidan ishlab chiqilgan[1]. Zanglamas poʻlatdan yasalgan minora Olimpiada bogʻida[2] Telefónica teleradiokompaniyasi ehtiyojlari uchun qurilgan. Teleminora Olimpiya olovini ushlab turgan sportchini ifodalaydi. Minora shaklining boshqa talqinlari - suvga kirayotgan kitning dumi va tortilgan kamon ipidagi nayza. Minora poydevori kafel parchalaridan iborat "singan mozaika" - trenkadis bilan qoplangan[3].
2006-yilda Formula 1 boʻyicha Ispaniya Gran-prisi gʻolibiga Monjuik teleminorasining haykalchasi berilgan.
-
Minoraning uzoqdan koʻrinishi
-
Minoraning past qismidan koʻrinishi
-
Sovrin 2006-yilgi Ispaniya Gran-prisi Formula 1 poygasi gʻolibiga topshirilgan sovrin.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Телебашня Монтжуик(ingl.) на сайте calatrava.com
- ↑ Олимпийское кольцо Монтжуика на картах Google
- ↑ Хавье Гарсиа Альгарра. De Gran Vía al Distrito C. El patrimonio arquitectónico de Telefónica (2012). Глава «6.5.2 Metamorfosis en torno al 92», стр. 585—587
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- VikiOmborda Montjuik teleminorasi mavzusi boʻyicha mediafayllar bor
- Телебашня Монтжуик(ingl.)(olm.)(Fransuzcha) на сайте structurae.net[de]
- Телебашня Монтжуик(isp.) на сайте factoriaurbana.com